Gabriel Torres
Gabriel Arturo Torres Tejada (talaffuzi: Gabriel Artur Tores Tejada; 1988-yil 30-oktyabrda Panamada tugʻilgan) — panamalik futbolchi, „UNAM Pumas“ futbol klubida va Panama terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gabriel Arturo Torres Tejada | ||
Tavallud sanasi | 31-oktyabr 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Panama | ||
Boʻyi | 1.80 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Deportes Antofagasta | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003—2009 | Chepo | 94 | (31) |
2005—2006 | → San Francisco (ijara) | 35 | (10) |
2008 | → La Equidad (ijara) | 25 | (6) |
2009 | → América de Cali (ijara) | 1 | (0) |
2009 | → La Equidad (ijara) | 1 | (0) |
2010 | → Atlético Huila | 6 | (0) |
2011 | San Francisco | 33 | (7) |
2011—2013 | Zamora | 68 | (32) |
2013—2015 | Colorado Rapids | 56 | (10) |
2013—2014 | Colorado Rapids 2 | 2 | (2) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
Panama U17 | |||
Panama U20 | |||
2005— | Panama | 103 | (24) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (7-iyun uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 9-iyun uchun) |
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gabriel Torres oʻz faoliyatini „Chepo“ futbol klubida boshlagan, u klub bilan debyut mavsumida Rommel Fernandes kubogini qoʻlga kiritgan va 18 ta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. 2005-yilda u „San Francisco“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan va u yerda Panama chempionligini qoʻlga kiritgan. 2007-yilda Gabriel Torres Ispaniyaning „Valencia“ va Angliyaning „Manchester United“ futbol klublarini koʻrgani borgan. Oʻsha yili u Kolumbiyaning „La Equidad“ futbol klubiga oʻtgan va u bilan Kolumbiya kubogini qoʻlga kiritgan. „Chepo“ futbol klubiga qaytgandan soʻng Gabriel Torres yana ikki marta „Atlético Huila“ futbol klubiga va „Cali“ futbol klubidan „América“ futbol klubiga ijaraga berilgan.
2011-yilda Gabriel Torres Venesuelaning „Zamora“ futbol klubiga oʻtgan[1]. 14-avgust kuni „Tucanes“ futbol klubiga qarshi bahsda u Venesuela premyer ligasida debyut qilgan[2].
2016-yil boshida Gabriel Torres „Zamora“ futbol klubiga qaytgan va chempionatning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[3].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yil 8-oktyabrda Gabriel Torres Panama terma jamoasi safida Trinidad va Tobagoga qarshi 2006-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan[4]. 2006-yil 6-sentyabrda Gvatemalaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u terma jamoadagi birinchi golini kiritgan. 2011-yilda Gabriel Torres CONCACAF otin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u ikki marta AQSh jamoasiga qarshi oʻynagan[5][6].
2013-yilda Gabriel Torres ikkinchi marta CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan[7][8]. Turnirda Gabriel Torres terma jamoaning finalga chiqishiga yordam bergan va Meksika, Martinik va Kuba jamoalari darvozasiga 5 ta gol urib, turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[9].
2015-yilda Gabriel Torres CONCACAF oltin kubogining bronza medali sohibiga aylangan[10][11]. Turnirda Gabriel Torres Gonduras va Trinidad va Tobago terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2016-yilda Gabriel Torres AQShda boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi uchun milliy terma jamoaning daʼvogariga nomzod boʻlgan edi[12]. Turnirda u Chili va Boliviya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[13].
2017-yilda Gabriel Torres CONCACAF oltin kubogida toʻrtinchi bor ishtirok etgan[14][15]. Turnirda u AQSh, Martinika, Nikaragua va Kosta-Rika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[16]. Nikaragualiklar va martiniklarga qarshi kechgan bahsda Gabriel Torres gol urgan[17].
2018-yilda Gabriel Torres Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[18][19]. Turnirda u Belgiya va Tunis jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[20].
2019-yilda Gabriel Torres CONCACAF oltin kubogi uchun Panama terma jamoasiga kiritilgan[21]. Guruh bosqichidagi ikkinchi oʻyinda Gayana terma jamoasiga qarshi oʻyinda u 86-daqiqada gol urgan va jamoa 4:2 hisobida gʻalaba qozongan.
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Chepo Panama |
2003—2004 | — | — | — | ? | ? | |||
2004—2005 | — | — | — | ? | ? | ||||
Jami | |||||||||
San Francisco Panama |
2005—2006 | — | — | — | ? | ? | |||
2006—2007 | — | — | — | ? | ? | ||||
La Equidad Kolumbiya |
2008 | 26 | 6 | — | — | 26 | 6 | ||
Jami | 26 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 26 | 6 | |
América de Cali Kolumbiya |
2009 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | 2 | 0 | |
Jami | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | |
Atlético Huila Kolumbiya |
2010 | 6 | 0 | — | — | 6 | 0 | ||
Jami | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | |
San Francisco Panama |
2010—2011 | 33 | 7 | — | 6 | 1 | 39 | 8 | |
Jami | 33 | 7 | 0 | 0 | 6 | 1 | 39 | 8 | |
Zamora FC Venesuela |
2011—2012 | 33 | 10 | — | 2 | 0 | 35 | 10 | |
2012—2013 | 35 | 22 | — | — | 35 | 22 | |||
Colorado Rapids AQSh |
2013 | 8 | 3 | 1 | 1 | — | 9 | 4 | |
2014 | 23 | 3 | 1 | 1 | — | 24 | 4 | ||
2015 | 25 | 4 | — | — | 25 | 4 | |||
Jami | 56 | 10 | 2 | 2 | 0 | 0 | 58 | 12 | |
Zamora FC Venesuela |
2016 | 23 | 22 | — | — | 23 | 22 | ||
Jami | 91 | 54 | 0 | 0 | 2 | 0 | 93 | 54 | |
Lausana-Sport |
2016—2017 | 30 | 8 | 1 | 0 | — | 31 | 8 | |
2017 | 12 | 0 | 2 | 0 | — | 14 | 0 | ||
Jami | 42 | 8 | 3 | 0 | 0 | 0 | 45 | 8 | |
Huachipato |
2018 | 30 | 15 | — | — | 30 | 15 | ||
Jami | 30 | 15 | 0 | 0 | 0 | 0 | 30 | 15 | |
Universidad de Chile |
2019 | 12 | 1 | — | 2 | 0 | 14 | 1 | |
Jami | 12 | 1 | 0 | 0 | 2 | 0 | 14 | 1 | |
Independiente del Valle Ekvador |
2019 | 13 | 3 | — | 7 | 2 | 20 | 5 | |
2020 | 22 | 16 | — | 6 | 4 | 28 | 20 | ||
Jami | 35 | 19 | 0 | 0 | 13 | 6 | 48 | 25 | |
Pumas de la UNAM Meksika |
2021 | 20 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 20 | 1 |
Jami | 20 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 20 | 1 | |
LD Alajuelense |
2021 | 9 | 3 | 0 | 0 | 1 | 0 | 10 | 3 |
Jami | 9 | 3 | 0 | 0 | 1 | 0 | 10 | 3 | |
Umumiy faoliyatida | 350 | 124 | 5 | 2 | 24 | 7 | 373 | 132 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Gabriel Torres ya es jugador del Zamora venezolano“ (es). Critica (08 de julio de 2011). 2017-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
- ↑ „Туканес VS. Самора 1:3“ (en). soccerway.com (2011-yil 14-avgust). 2015-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
- ↑ Alexander Da Silva. „Gabriel Torres regresa al Zamora de Venezuela“ (es). Panamá (16 ene 2016). 2016-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
- ↑ „Панама VS. Тринидад и Тобаго 0:1“ (en). soccerway.com (2005-yil 8-oktyabr). 2015-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
- ↑ „США VS. Панама 1:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 12-iyun). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
- ↑ „США VS. Панама 1:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 23-iyun). 2016-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
- ↑ „Мексика VS. Панама 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 8-iyul). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
- ↑ „Панама VS. Куба 6:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 20-iyul). 2015-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
- ↑ „Панама VS. Мартиника 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 12-iyul). 2015-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
- ↑ „Гондурас VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
- ↑ „Тринидад и Тобаго VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 19-iyul). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
- ↑ „Панама VS. Боливия 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 7-iyun). 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
- ↑ „Чили VS. Панама 4:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 15-iyun). 2016-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
- ↑ „США VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 8-iyul). 2017-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.
- ↑ „Панама VS. Мартиника 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 15-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.
- ↑ „Коста-Рика VS. Панама 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 20-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.
- ↑ „США VS. Никарагуа 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 13-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.
- ↑ Adán De Gracia-Esmenjaud. „Hernán Darío Gómez da listado de 23 convocados a la Copa Mundial“ (es). FEPAFUT - Federación Panameña de Fútbol (30 de mayo de 2018). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
- ↑ „Бельгия VS. Панама 3:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 18-iyun). 2018-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-iyul.
- ↑ „Панама VS. Тунис 1:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 28-iyun). 2018-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-iyul.
- ↑ Isaac Castillero Wilson. „Julio Dely Valdés define los convocados a Copa Oro“ (es). FEPAFUT - Federación Panameña de Fútbol (04 de junio de 2019). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.